AsosiyDunyo

Qozog`istonlik havaskor sportchi Makkagacha yugurib bordi

Ostonalik 48 yoshli Dulat Imangali Makkagacha yugurib borib, haj amallarini ado qildi. Shundan so`ng vataniga samolyotda qaytib keldi.

U 6 iyul kuni yo`lga tushgan edi, biroq puli tugagani – marafon tashkilotchilari va`da qilingan yordamni ko`rsatishmagani uchun Atirauda bir hafta qolib ketdi. Imangaliga atiraulik tadbirkorlar Makka borib-kelishiga etadigan miqdorda pul yig`ib berishdi. Hajdan qaytgan chopag`on avval o`z uyiga emas, unga yordam ko`rsatganlarga minnatdorchilik bildirish maqsadida Atirauga keldi.

Makka sari yo`lda Dulat Imangaliga notanish odamlar yordam berishdi: yo`l ko`rsatishdi, mehmon qilishdi, tunashi uchun uylariga kiritishdi. Uning aytishicha, bir paytlar bobosi ham hajga piyoda borgan. 

    Boshqa yangiliklar