Hassaga tayangan KXDR etakchisi Kim Chen Inning surat va videolavhalari mamlakat rasmiy OAVlari tomonidan tarqatildi. Bu safar rasmlarda ilk bor Kim Chen Inning turmush o`rtog`i ham tasvirlandi, deb xabar bermoqda «Segodnya».
Shimoliy Koreya OAVlari ma`lumotiga ko`ra, Kim Chen In va Li Sol Chju Incheon (Janubiy Koreya)da bo`lib o`tgan Osiyo o`yinlarida va sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionatida zafar quchgan sportchilar bilan uchrashdi.
Mamlakat davlat televideniesi orqali KXDR rahbarining mazkur musobaqalar g`oliblari va sovrindorlari, shuningdek, murabbiylarga minnatdorlik bildirib, ular bilan birgalikda suratga tushayotgani namoyish etildi. Biroq uchrashuv vaqti va joyi haqida OAVlarida ma`lumot berilmadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq mamlakat OAVlari Kim Chen Inning Politexnika universiteti o`qituvchilari uchun mo`ljallangan yangi turar joy majmualariga tashrifini yoritgani haqida xabar berilgan.





