Xitoyda o`zini Sin sulolasi malikasi deya atayotgan 48 yoshli ayol qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.
U o`zining imperatorlik oilasiga tegishli ekanligini isbotlash uchun soxta dollar pachkalari va qalbaki tilla quymalardan foydalangan. Firibgar “Nigeriya spami” nomli klassik usul asosida harakat qilgan.
U Sin sulolasiga mansubligini tasdiqlagan va oilasiga tegishli Yunnan va Sichuanl provinsiyalari hududida yashiringan xazinalarni qaytarishga yordam so`ragan. Xazinaning umumiy qiymati 175 millard, ya`ni 29 millard dolarni tashkil etarmish.
Ayol ushbu boylikni xazinani qaytarishda unga moddiy yordam ko`rsatganlar bilan bo`lishib olar ekan. Yana to`rta marta ko`pi bilan.





