AsosiyDunyo

Nigeriyada Ebola tarqalishi to`xtadi

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan Nigeriyada Ebola virusining tarqalishi to`xtaganligi e`lon qilindi, deya xabar beradi Reuters.

“Nigeriya endi Eboladan ozod. Bu rostmana muvaffaqiyat. Demak, virus ustidan g`alaba qilish mumkinligini ko`ryapmiz. Hozircha, bitta jangda g`olib bo`ldik”, - deydi Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti vakili rui Gama Vaz Nigeriya poytaxti Abudjada o`tkazilgan matbuot anjumanida.

Agentlikning ma`lumotiga ko`ra, mamlakatda oxirgi marta virus bilan zararlanish holati olti hafta oldin, ya`ni 5 sentyabr kuni kuzatilgan. Boshqa bunday holat yuzasidan xabar berilmagan. Sog`liqni saqlash tashkilotining qoidalariga ko`ra ,agar 42 kun ichida Ebola tarqalishi haqida ma`lumot berilmasa, demak tarqalish to`xtatilgan deb hisoblanadi.

17 oktyabr kuni tashkilot tomonidan Senegal virusning tarqalishi to`xtagan birinchi davlat sifatida e`lon qilingan edi. Bu erda oxirgi zararlanish 29 avgust kuni kuzatilgan.

Ayni paytda ushbu virusdan 9216 kishi zarar ko`rgan va ularning 4555 nafari halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar