Ispaniyalik hamshira Mariya Tereza Romero Ramos mamlakatda Ebola virusiga chalinganlar orasida davolangan birinchi odam bo`ldi, deya xabar beradi Bi-bi-si teleradiokompaniyasi.
Kompaniya ma`lumotiga ko`ra, uning to`liq tuzalib ketganligini tasdiqlash uchun hamshira yana bir nechta tekshiruvlardan o`tishi zarur. Avval xabar berilganidek, xavfsizlik maqsadida oktyabr oyining boshlarida hamshiraning iti karantinga olingan edi. Shifokorlar ushbu kasallikning hayvonlardan odamlarga o`tmaydi degan ishonchli ma`lumot yo`qligini asoslashdi.
Ebola virusi hamshirada 6 oktyabr kuni aniqlangan edi. U avgust oyida aynan mana shu virusdan vafot etgan rohib Migel Paxaresni davolagandi.





