AsosiyDunyo

Moskva metrosida yo`lovchi ayol o`zini poezd ostiga tashladi

Moskva metrosining Filevskaya yo`nalishidagi «Mejdunarodnaya» bekatida ayol yo`lovchi relslarga o`zini tashlab, halok bo`ldi. Bu haqda Rossiya poytaxti metropoliteni matbuot xizmati axborotiga tayanib «Moskva» agentligi xabar berdi.

«Soat 11:25 da (Moskva vaqti bilan) ayol o`z joniga qasd qilish maqsadida poezd ostiga o`zini tashladi. Soat 11:29 da uning jasadi relsdan olindi», − deyiladi xabarda.

Halok bo`lgan yo`lovchining jasadi relsdan olinguncha ushbu yo`nalishdagi poezdlar harakati to`xtatib turilgan, biroq hozir ish rejimi to`liq tiklangan.

 

    Boshqa yangiliklar