AsosiyJamiyat

Chegarachilar tomonidan qonunbuzarlar ushlab qolindi

O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qo`riqlash qo`mitasi tomonidan respublika davlat chegarasini buzishga uringanlar qo`lga olindi, deya xabar beradi podrobno.uz qo`mita ma`lumotlariga tayangan holda.

Ma`lumotda ta`kidlanishicha, 2014 yilning 13 oktyabr kuni Farg`ona viloyatining So`x tumani Mulgon aholi yashash punktida tumanda yashovchi fuqaroning uyidan noqonuniy mollar ortilgan “Mersedes-Bens” mashinasi (davlat raqami Z 68-48 A) topilgan va ikki nafar Qirg`iziston fuqarosi qo`lga olingan. Qamchibek Imarbekov (1984 yilda tug`ilgan) va Oybek Karamatovlar (1983) deyarli 24 million so`mdan ortiq tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishga uringan.

Bundan tashqari, 15 oktyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Hojiqo`rg`on aholi yashash punktida O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini Qozog`istondan buzib o`tgan yana uch nafar Qirg`iziston fuqarolari qo`lga olingan.

Yuqoridagi qonunbuzarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko`rsatilgan tartibda choralar ko`riladi.

 

    Boshqa yangiliklar