AQSh Davlat Departamenti shuni eslatib o`tadiki, 2016 yil «Turli Millat Vakillari uchun Immigrasion Vizalar — DV» (Grin Kard) Lotereyasiga ro`yxatga olish davri 2014 yil 1 oktyabrdan 2014 yil 3 noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo`ladi.
Har yili AQSh hukumati AQShga immigrasiya ko`rsatkichlari past bo`lgan mamlakatlar, shu jumladan O`zbekiston fuqarolari uchun «Turli Millat Vakillari uchun Immigrasion Vizalar – DV» dasturi orqali 50000 ta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so`nggi besh yil mobaynidagi immigrasiya ko`rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda immigrasiya ko`rsatkichlari past bo`lgan hududlarga ko`proq vizalar miqdori belgilanadi.
Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigrasion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o`tish imkoniyatini beradi.





