AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`on tumani hokimiyati binosining tom qismi odamlar ustiga quladi. Bir kishi halok bo`lgan

'Kattaqo`rg`on tumani hokimiyati binosining tom qismi odamlar ustiga quladi. Bir kishi halok bo`lgan'ning rasmi

2018 yil 15 oktyabr kuni soat 12:00 lar atrofida Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida Kattaqo`rg`on tumani hokimiyati binosining tom qismi pastga quladi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, buning natijasida hokimiyat hovlisida bo`lgan tumandagi “Tarnov” mahallasi Tarnov qishlog`ida yashovchi 1958 yilda tug`ilgan fuqaro Mardon Qodirov halok bo`ldi.

“Burgansoy” mahallasi Mavlon qishlog`ida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan fuqaro Shahobiddin Fayziev turli darajadagi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YoXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari chiqishgan.

Ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi to`liq tozalanib, sodir bo`lgan ko`ngilsiz holat oqibatlari bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar