Germaniyada sayyohlar avtobusi halokatga uchradi, deb yozmoqda Segodnya nashri.
Voqea Xokkenhaym shahri yaqinida ro`y bergan. Avtobus unga qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan yuk tashuvchi avtomobil bilan to`qnashib ketgan. Bu vaqtda avtobus bortida 30 dan ortiq sayyohlar bo`lib, ular turli darajada tan jarohati olgan. 5 kishi ahvoli o`ta jiddiy bo`lgani bois vertolyotda shifoxonaga olib ketilgan bo`lsa, 4 nafari tez yordam mashinasida kasalxonaga etkazilgan. Ular AQSh, Kanada, Avstraliya fuqarolari ekani xabar qilinmoqda. Jiddiy jarohat olganlar orasida avtobus haydovchisi ham bor. Hozircha bu kimning aybi bilan sodir bo`lgani to`g`risida aniq bir narsa deyish qiyin.






