AsosiyJamiyat

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya to`lanadi

'Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya to`lanadi'ning rasmi

Tabiatni muhofaza qilishni ta`minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qaror bilan O`zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya to`lovlarini qo`llash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Kompensasiya to`lovlari bu atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va unga boshqa turdagi zararli ta`sirlar ko`rsatilganligi (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirish) uchun to`lovlardir.

Kompensasiya to`lovlarining bazaviy miqdori eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda muayyan koeffisientlarda qabul qilinadi.

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya to`lovlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi organlari tomonidan undiriladi.

Quyidagilar kompensasiya to`lovlari sub`ektlari hisoblanadi:

- ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqava oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;

- yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo`lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizasiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.

    Boshqa yangiliklar