AsosiyDunyo

Kolumbiyada er ko`chkisi sodir bo`ldi

'Kolumbiyada er ko`chkisi sodir bo`ldi'ning rasmi

Kolumbiyaning Kaldas munisipialida er ko`chkisi sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda Reuter axborot agentligi.

Ko`chkiga tinimsiz yog`ingarchilik sabab bo`lgan. Hodisa aholi istiqomat qiluvchi hududda ro`y bergani tufayli o`nlab uylar vayronaga aylangan. Tabiiy ofat 11 nafar insonning o`limiga olib keldi. Ularning 4 nafari yosh bolalardir. Bundan tashqari, yaradorlar ham bor. Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea joyida ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar