Avstraliyaning Tansey shahrida sodir bo`lgan tornado vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi, deya xabar qildi NTV.ru nashri.
Kuchli bo`ron uy tomlarini uchirib yuborgan va daraxtlarni yiqilishiga olib kelgan. Hodisa tufayli 3 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga joylandi. Hozirda tornado to`xtagan bo`lib, vayronalar tozalanib, ko`rilgan moliyaviy zarar hisoblanmoqda.






