AsosiyJamiyat

Toshkentda "Lasetti"ning daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo`ldi

'Toshkentda "Lasetti"ning daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma`lum bo`lishicha, 2018 yil 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtomashinasini Furqat ko`chasida joylashgan "Xalqlar Do`stligi" san`at saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo`l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yo`lovchisi N.M. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar