AsosiyJamiyat

Pokiston delegasiyasi O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo`ldi

'Pokiston delegasiyasi O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo`ldi'ning rasmi

Pokiston Islom Respublikasi Quruqlikdagi qo`shinlari kolleji komendanti general-mayor Sarfraz Ali boshchiligidagi delegasiya O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegasiya akademiyaning infratuzilmasi, o`quv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Ta`lim dargohining professor-o`qituvchilar tarkibi bilan birgalikda o`tkazilgan seminar-trening mashg`ulotlarida har ikki tomon vakillarining ma`ruzalari tinglandi. Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo`lgan maqsadli rejalarni belgilab oldi.

Uchrashuv davomida delegasiya a`zolari Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ham bo`lib, milliy armiyamiz tarixi va buguniga oid ma`lumotlar bilan yaqindan tanishishdi.

    Boshqa yangiliklar