Avstraliyada yuzlab odamlar mashhur Sidney Opera teatri oldiga to`planishgan, deya xabar qilmoqda The Guardian nashri.
Ular dunyoga dong taratgan madaniyat uyi oldida ot poygalari reklamasi namoyish etilishiga qarshi ekanliklarini bildirishmoqda. Odamlar norozilik ramzi sifatida qo`llariga chiroqlar ko`tarib olishgan. Aksiya ishtirokchilari baland ovozda binodan qimorni rivojlantirish uchun foydalanmagan, deya ta`kidlashmoqda. Hukumat esa binoda aks ettirilayotgan reklama pul tikish o`yinlari uchun emas, balki o`tkaziladigan Jahon Kubogi uchun ekanini ma`lum qilgan.






