Bosniyada joylashgan Brod neftni qayta ishlab chiqarish zavodida kuchli portlash sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Shundan so`ng kelib chiqqan yong`in atrofdagi binolarga ham xavf solmagan bo`lsa-da, undan chiqayotgan zaharli havo tufayli bir necha km. masofadagi uylardan odamlar vaqtinchalik ko`chirilgan. Voqea oqibatida 8 nafar zavod xodimi kuyish jarohatini olib shifoxonaga etkazildi. Hozircha portlashning sabablariga aniqlik kiritilmayapti.






