Fransiyaning Parij shahrida norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Poytaxt ko`chalariga 20 mingdan ortiq odamlar, jumladan, pensionerlar, temiryo`lchilar, tibbiyot xodimlari, o`qituvchilar va talabalar chiqishgan. Ular hukumatning ayrim sohalarda byudjetni qisqartirish to`g`risidagi qaroriga norozi ekanliklarini bildirishmoqda. Ushbu holatga hozircha hukumat tomonidan biror javob bo`lgani yo`q. Biroq polisiya ayrim tartibsizlik keltirib chiqarganlarga nisbatan ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lmoqda.






