AsosiyJamiyat

"Aspara Fashion Week" xalqaro moda haftaligini 2019 yilda Toshkent shahrida o`tkaziladi

'"Aspara Fashion Week" xalqaro moda haftaligini 2019 yilda Toshkent shahrida o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi boshchiligidagi delegasiya Qozog`iston Respublikasining Taraz shahrida o`tkazilgan “Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligida ishtirok etdi.

Mazkur tashrif Qo`mita hamda Qozog`iston Respublikasining Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi o`rtasida imzolangan anglashinuv Memorandumida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash doirasida amalga oshirildi.

Moda haftaligida o`zbekistonlik dizaynerlarining milliy liboslar namoyishi AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Hindiston, Gruziya, Xitoy, Gollandiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Tashrif doirasida O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va Qozog`iston Respublikasi "ATAMEKEN" tadbirkorlar palatasi hududiy bo`limi va "Qozog`iston tadbirkor ayollar assosiasiyasi" Respublika nodavlat jamoat tashkiloti rahbarlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi o`rtasidagi anglashinuv memorandumi doirasida qo`mita ta`sischiligida tashkil etilgan “Nafis Travel” MChJ bilan Qozog`iston Respublikasi Jambl viloyati “Ichki va tashqi turizm assosiasiyasi” hamda “Jambl Turizm sanoati assosiasiyasi” o`rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

“Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligini 2019 yilda Toshkent shahrida o`tkazishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar