AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari uchun yangi qoidalar tasdiqlandi

'Oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari uchun yangi qoidalar tasdiqlandi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilar tarkibining o`quv yuklamasi hamda o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to`g`risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Ushbu hujjat bilan Oliy ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilar tarkibining o`quv yuklamasi hamda o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlandi.

Professor-o`qituvchilarning o`quv (ma`ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo`lmasligi tavsiya etildi.

Bunda, ma`ruza mashg`ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo`lgan professor-o`qituvchilar tomonidan o`tkazilishi lozim.

Bordi-yu, ma`ruza mashg`ulotlari hajmi ko`p bo`lganda yoki professor, dosent va katta o`qituvchilar etarli bo`lmaganda oliy ta`lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo`lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo`lmagan o`qituvchilarga bir o`quv yilida 250 soatgacha hajmda ma`ruza mashg`ulotlarini o`tishga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar