AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi aholiga bepul huquqiy maslahatlar beradi

'Adliya vazirligi aholiga bepul huquqiy maslahatlar beradi'ning rasmi

Adliya vazirligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobini o`tkazadi.

Fleshmob joriy yilning 11–12 oktyabr kunlari soat 10.00 dan 16.00 ga qadar butun respublika bo`ylab o`tkaziladi. Bunda viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan huquqiy targ`ibot nuqtalarida qator targ`ibot tadbirlari rejalashtirilgan.

Shu kunlari aholiga notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi. Shuningdek, fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga rag`batlantirish uchun turli tanlovlar, viktorinalar, shu jumladan testlar tashkil etiladi. G`oliblarga esdalik sovg`alari hamda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy qo`llanma taqdim etiladi.

Tadbir Toshkent shahrida M.Ulug`bek tumanidagi “Eko bozor” savdo majmuasida, “G`.G`ulom” istirohat bog`ida, “Anhor Lokomotiv” parkida, Yakkasaroy tumanidagi “Next” savdo majmuasida, “Oloy” bozorida, “Mega planet” savdo majmuasining old maydonida o`tkaziladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda tadbir o`tkaziladigan joylar ro`yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar