AsosiyJamiyat

Toshkent shahar IIBB: Nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang

'Toshkent shahar IIBB: Nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang 'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB yong`in xavfsizligi qoidalarga rioya etish bo`yicha ogohlantirish berdi.

Ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi.

Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida ko`ngilsiz hodisalar sodir bo`lishi mumkin.

"Mazkur hodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilishingizni so`raymiz:

- qo`lbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo`riqnomasi talablariga rioya qiling;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamang;

- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;

- agarda gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga xabar bering;

- isitish pechlari va ularning mo`rilarini sozligiga e`tibor bering", - deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar