AsosiySiyosat

Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori O`zbekistonga keladi

'Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiev Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti mas`ul xodimlari Kari Tapiola, Anton Xauzen va Oksana Lipkanu bilan uchrashdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda munosib mehnat bo`yicha O`zbekiston dasturini amalga oshirish jarayonlari, O`zbekistonning XMT bilan konstruktiv, shu jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasi bo`yicha hamkorligiga e`tibor qaratildi. O`zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan munosib mehnat konsepsiyasi doirasida bolalar va ayollar mehnat huquqlarini ta`minlash bo`yicha samarali chora-tadbirlar ko`rilayotgani ta`kidlandi.

Joriy yil dekabr oyida XMT Bosh direktori Gay Rayder ishtirokida bo`lib o`tishi kutilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo`lida munosib bandlikni ta`minlash: xalqaro amaliyot va O`zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taalluqli masalalar alohida ko`rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari aholi bandligi, munosib mehnati va ijtimoiy himoyasi masalalari bo`yicha O`zbekistonda amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlar jadal sur`atda olib borilayotganini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar