AsosiySiyosat

Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya ShHTning navbatdagi majlisida ishtirok etadi

'Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya ShHTning navbatdagi majlisida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining (ShHT HRK) navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 11-12-oktyabr kunlari Dushanbe shahrida bo`lib o`tadi.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, yig`ilishning kun tartibidan savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari, ularni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar, ko`p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishning borishi, ShHT doirasidagi loyihalash faoliyatini moliyaviy ta`minlash mexanizmlari to`g`risida fikr almashish o`rin olgan.

Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O`zbekiston hukumat rahbarlari hamda ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatini, tashkilotning 2019-yil uchun budjetini, ShHT HRK keyingi majlisi muddati va joyini muhokama qilish, mazkur masalalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar