UFC ning mutlaq chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov Konor Makgregorning haqoratlarini kechirdi, deya xabar berdi "Sovetskiy sport" nashri.
“Men Konor Magregorni kechirdim, hammasi ortda qoldi. Bo`lib o`tganlarni tahlil qilib, saboq chiqarish lozim. Oqsoqol va donolarimiz bilan fikr almashib, boshqa cho`qqilarga intilishga qaror qildik. Hammasi yaxshilikka” – dedi Abdulmannop ota o`zining instagrammida.






