Indoneziyaning zilzila va sunamidan aziyat chekkan hududlarida vaqtinchalik lagerlardagi bolalarga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bu erdagi go`daklar hamda voyaga etmaganlar uchun maxsus guruhlar tashkil etildi. Guruhlarda bolalarga turli mashg`ulotlar o`tish uchun xodimlar jalb etilgan. Shuningdek, atrofda bo`layotgan hodisalar bola ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi uchun ularning diqqatini turli o`yinchoqlarga jalb etilmoqda. “Bu judu yaxshi g`oya. Sababi bola e`tibori o`yinchoqlarga chalg`ib o`zini uyidagidek his qiladi. Shunda atrofdagi to`s- to`polondan holi bo`lishadi”, dedi maxsus guruhdagi xodimlardan biri.






