Gaitida sodir bo`lgan zilziladan so`ng qurbonlar soni ortgani xabar qilinmoqda.
Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarlarga ko`ra, 15 kishi hayotdan ko`z yumgan hamda jabrlanganlar soni ham 333 nafarga etgan. 5,9 balli silkinish hozirga kelib, 7000 dan ortiq uylarni vayron qilgan. Ayni paytda vayronalarni tozalash va uzilgan elektr ta`minotini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.






