Malta sohillarida 100 ga yaqin muhojirlar hayoti saqlab qolindi, deb xabar berdi TASS nashri.
Malta qirg`oqlaridan 42 km uzoqlikda falokatga uchragan qayiqni dengiz harbiylari qutqarib qolishgan. Bu qutqarilgan qochoqlar guruhining ikkinchisi hisoblanadi. Bundan avval ham 120 nafar muhojirlar quruqlikka olib chiqilgan edi. Hozirda har ikkala guruhga ham zaruriy yordam ko`rsatilmoqda. Xabarlarga ko`ra, ular jami 61 ta qayiqlarda suzib kelishgan va biridan boshqasiga o`tayotganida ag`darilib ketgan.






