Kanadaning Irving Oil (Irving oil) neft kompaniyasida kuchli portlash ro`y berdi, deb xabar berdi TASS nashri.
Shundan so`ng zavodda yong`in sodir bo`lgan. Voqeaning kelib chiqish sababi hamda tafsilotlari hozircha ma`lum qilinmagan. Qurbonlar va jarohat olganlarning aniq soni ham oshkor qilinmayapti. Ma`lumotlarga ko`ra, Irving Oil neftni qayta ishlab chiqariish kompaniyasi kuniga 320 ming barrel neftni qayta ishlab chiqarar edi. Kompaniya rasmiylari voqea yuzasidan hech qanday izox berishni istashmadi.






