Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi.
Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.






