2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yo`lkalari tarmog`ini qurish rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Quyidagilarni o`z ichiga oluvchi 2019–2020 yillardagi Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish ko`zlanmoqda:
- mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan avtomobil yo`llarining chegaralarida qurilishini nazarda tutuvchi velosiped yo`lkalarini qurishning manzilli ro`yxati;
- bog`lar, istirohat bog`larida velosiped yo`lkalarini qurishning manzilli ro`yxati.
Bundan tashqari, mintaqalar hududiga kirishni ta`minlovchi mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan magistral avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish uchun topshiriqlarni tayyorlash chog`ida bundan buyon belgilangan tartibda ushbu yo`llarning ajratilgan mintaqa doirasida velosiped yo`lkalari qurilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.
Ko`zlangan rejalarni amalga oshirishni Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, mahalliy velosipedlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko`zlangan. Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaruvchi «Ya Mei Gong Ye Yuan» MChJ XKni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Loyiha rad etilishi, o`zgartirilishi yoki unga qo`shimcha kiritilishi mumkin.






