Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri muvaffaqiyatli tarzda o`tkazildi. Bu haqda markazning Facebookʼdagi sahifasida ma`lum qilindi.
Markazda hindistonlik shifokorlar 34 yoshli bemorga tirik qarindosh-donorining jigar transplantasiyasini amalga oshirdi.
Jigar sirroziga chalingan farg`onalik bemorga uning 29 yoshli ukasi donor bo`ldi. Ushbu murakkab jarrohlik operasiyasi O`zbekistonda uchinchi marta o`tkazildi.
Qayd etilishicha, hozirda bemor va donorning ahvoli qoniqarli darajada.






