AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kechada 418 ta tezlikni oshirish holati aniqlangan

'Toshkentda bir kechada 418 ta  tezlikni oshirish holati aniqlangan'ning rasmi

7 oktyabrdan 8 oktyabrga o`tar kechasi Toshkentda radar yordamida 418 ta tezlikni oshirish holati aniqlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 6-7 oktyabr tungi paytda 1668 ta tezlikni oshirish holati qayd etilgan.

7-8 oktyabr kunlari esa radarlar yordamida 33 mingdan ortiq holat aniqlandi. Misol uchun, Yashnobod tumanidagi Mahtumquli ko`chasida bir smena davomida radarlar 273 ta tezlikni oshirish holati aniqlandi.

7 oktyabrda jami 521 holat aniqlandi. Ulardan 116 nafar haydovchi yo`ldan o`tayotgan piyodalarni o`tkazishmagan, 205 nafar haydovchi qarama-qarshi yo`lga chiqishgan, 29 nafar haydovchi to`xtash va to`xtab turish qoidasini bo`zishgan, 199 nafar haydovchi xavfsizlik kamarini taqmagan, 50 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi signalidan o`tib ketishgan, 66 nafar haydovchi esa avtomobil boshqarayotganda mobil telefondan foydalanishgan.

    Boshqa yangiliklar