Joriy yilning 8-13 oktyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlarida “Xotin-qizlar sport haftaligi” bo`lib o`tadi.
O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan tashkillashtirilgan haftalik respublikamizning barcha hududlaridagi tuman (shahar) ko`chalari, hiyobonlar, istirohat bog`lari, ta`lim muassasalari va sport inshootlarida o`tkaziladi.
Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari hamda sportning futbol, basketbol, voleybol, velosport, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, gimnastika turlari bo`yicha tadbirlar amalga oshirildi.
Poytaxtimizdagi asosiy sport tadbirlari «Milliy» stadioni (sobiq “Bunyodkor”)da bo`lib o`tadi. Unga haftalikda ishtirok etishni istagan barcha xotin-qizlar tashrif buyurib, undagi sport zallari, sport anjomlaridan foydalangan holda salomatliklarini tiklashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Sport festivalini o`tkazishdan asosiy maqsad - «Soglom ayol — sog`lom jamiyat» g`oyasini ilgari surish, ayollarni sog`lom hayot kechirishga o`rgatish, onalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar o`rtasida sport uchun vaqt ajratishga undashdan iborat.
Mazkur haftalik doirasida o`tkazilayotgan tadbirlar haqida batafsil ma`lumotlarni (90) 956-51-23 telefon raqamlari orkali olish mumkin.






