Indoneziyada zilzila va sunami oqibatida qurbon bo`lganlar to`g`risidagi yangi ma`lumotlarga ko`ra, ularning soni 1763 kishiga etgan, deb xabar berdi TASS nashri.
5 ming kishi esa hamon bedarak yo`qolganlar ro`yxatida. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. 191 mingkishi esa favqulodda yordamga muxtoj. Musibatda qolgan Indoneziya aholisiga endilikda yana bir tabiiy ofat xavf solmoqda. Reuter axborot agentligining xabar berishicha, Indoneziyadayangi vulqon harakatga kelgan. Har kuni kamida 2 ta qishloqqa zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.Biroq tarqatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hammaga etmayapti.






