Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hokimlari o`zgardi.
Baxtiyor Shamuratov Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Sarvar Toshmatovich Maxametov o`rnini egallagan.
Ma`lumot uchun, Mahametov Sarvar Toshmatovich 1977 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1999 yil Toshkent avtomobil yo`llari institutini tamomlagan.

Shamuratov Baxtiyor Yakkasaroy tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U Turizmni rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgani aytilgan.
Ma`lumot uchun, Shamuratov Baxtiyor Abduvaxitovich 1978 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1999 yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002 yil Soliq akademiyasini tamomlagan.







