AsosiySport

Taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov III o`smirlar Olimpiya o`yinlarida O`zbekistonga dastlabki medalni taqdim etdi

'Taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov III o`smirlar Olimpiya o`yinlarida O`zbekistonga dastlabki medalni taqdim etdi'ning rasmi

Buenos-Ayresda III yozgi o`smirlar Olimpiya o`yinlari boshlanib ketdi. Musobaqaning ilk kunidayoq yosh sportchilarimiz dastlabki medalga ega chiqishdi.

Taekvondo bo`yicha -48kg vazn toifasida yurtimiz sharafini qilayotgan Ulug`bek Rashitov musobaqa davomida Mo`g`uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag`lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi.

Hal qiluvchi jangda esa u afsuski rossiyalik Dmitriy Shishkoga imkoniyatni boy berib qo`ydi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.

    Boshqa yangiliklar