O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari o`rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, etakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.
Shuningdek, Prezidentimiz BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O`zbekiston va YuNESKO o`rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga mo`ljallangan qo`shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.






