Engil vazn toifasidagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov o`zining ilk unvon himoyasi jangini o`tkazdi, deb xabar qildi Rt.com nashri.
Los-Anjeles shahrida kechgan jangda dog`istonlik Habib raqibi irlandiyalik Konor Makgregorni er tishlatdi. Uch raund davomida etakchilikni qo`lga olgan Habib to`rtinchi raundda bo`g`ma usul bilan raqibi ustidan mutlaq g`alabaga erishdi.






