Rossiyaning Tver shahri yaqinida yo`lovchi tashuvchi avtobus halokatga uchradi, deya xabar qildi RIA Novosti nashri.
Halokat vaqtida avtobusda 20 nafar yo`lovchi bo`lib, ulardan 13 kishi hayotdan ko`z yumgan. Haydovchining o`zi jarohat olib, kasalxonaga etkazilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror. Avtobus qarama qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan yuk tashuvchi avtoulovga borib urildi.






