Indoneziyada ketma-ket ro`y bergan tabiiy ofatlar mamlakat aholisini tang ahvolga solib qo`ydi, deya xabar berdi Rentv nashri.
Shu sababli Buyuk Britaniya hukumati Indoneziyaga gumanitar yordam ko`rsatishga qaror qilgan. Birinchi bo`lib falokat o`chog`i bo`lgan Sulavesi oroliga oziq-ovqat mahsulotlari yuborilgan. Shundan so`ng suv tozalash qurilmalari, chodirlar va shu kabi maishiy jihozlar yuborildi. Umumiy hisobda esa 3 million funt miqdorida yordam ajratilgan.






