AQShning Mayami shahri yaqinidagi ko`rfaz zaharli suv o`tlari bilan to`lmoqda, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Sharqiy qirg`oqda toksik moddalar suvosti olamini nobud qilish bilan birga, insonlar hayoti uchun ham xavflidir. Qumli sohillarda o`lik baliqlarni ko`rish mumkkin. Hukumat esa plyajni dam oluvchilar uchun vaqtinchalik yopib qo`yishni reja qilmoqda. Biroq hozircha bu joy barcha uchun ochiq. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, toksik zaharlanish odamlarda nafas siqishi va kuchli yo`talni keltirib chiqaradi.






