Fransiyaning Parij shahrida bo`lib o`tayotgan avtoshou davomida lego donalaridan yasalgan bugatti namoyish etildi, deb xabar qildi Ria.ru nashri.
Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, bu kattalar uchun o`yinchoqdir. Uni yasash uchun 1 mln.dan ortiq donachalardan foydalanilgan. Ko`k bugattining barcha qismlari saloni, ruli, hatto g`ildiraklari ham legodan iborat. Ayrim elementlari esa haqiqiydir. Shu bois uni boshqarish mumkin. Elektr dvigatel yordamida o`yinchoq bugatti soatiga 30 km. tezlikda harakatlanadi. U ko`rgazma davomida namoyish qilingan eng antiqa model sifatida qayd etilgan.






