AsosiyJamiyat

O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi

'O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi'ning rasmi

Kecha, 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:44da O`zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma`lum qilgan.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 389 km uzoqlikda janubiy yo`nalishda O`zbekiston Respublikasi hududida qayd etildi (38,71 N, 66,09 E).

Zilzila magnitudasi M=3,6.

Zilzila chuqurligi N=30 km.

Zilzila kuchi Qarshi shahrida 3 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar