Ispaniyaning Motril portida 248 nafar qochoqlar qutqarib olindi, deya ma`lum qildi Gazeta.ru nashri.
Ular O`rtaer dengizizini kesib o`tishga uringan Afrika mamlakatlari fuqarolaridir. Ularning qayig`i Marokash yaqinidan yo`lga chiqqani haqida nodavlat tashkilotlardan biri – Ispaniya sohil qutqaruv xizmatiga xabar bergan. Shundan so`ng ular qidiruvni boshlashgan. Vaqtida amalga oshirilgan harakatlar tufayli odamlar hayoti saqlab qolindi. Reuter axborot agentligi tarqatgan xabarlarga ko`ra, muhojirlar orasida 12 nafar go`dak hamda 100 dan ortiq ayollar bo`lgan. Hozirda ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, zaruriy tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.






