Belgiyaning Bryusell shahrida pensionerlar tomonidan norozilik namoyishlari yana qayta boshlandi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.
Ular kasaba uyushmalaridan pensiya yoshini adolat bilan belgilashni talab qilishmoqda. Shuningdek, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishni va bu borada islohotlar olib borilishini so`rashyapti. Namoyishlarda nafaqat katta yoshlilar, balki ko`p sonli yoshlar ham ularni qo`llab-quvatlash uchun ishtirok etishmoqda.






