AQShning Arizona shtatida yog`ingarchilik suv toshqinlarini keltirib chiqardi, deya xabar bermoqda Ria.ru nashri.
Suv avtomobil yo`llarini to`sib, transport harakatiga halal bermoqda. Daryolar tobora o`zanidan toshib bormoqda. Reuter axborot agentligining xabar berishicha, ayrim engil mashinalarni toshqin oqizib ketgan. Uning ichida bo`lgan 6 kishi esa qutqarib olindi. Qurbonlar to`g`risida ma`lumotlar yo`q.






