AsosiyDunyo

Emomali Rahmon Xirosimaga tashrif buyurdi

'Emomali Rahmon Xirosimaga tashrif buyurdi'ning rasmi

3 oktyabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan Xirosimaga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Xirosima xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Xirosima hukumati vakillari kutib olishdi.

Tojikiston Prezidenti Yaponiya xalqi tarixi va madaniyatiga hurmat va ehtirom belgisi sifatida "Tinchlik parki"dagi atom bombasi qurbonlari xotirasiga o`rnatilgan Memorial yodgorlikka gulchambar qo`ydi.

Tashrif Kioto va Tokio shaharlarida davom etadi.

    Boshqa yangiliklar