2018 yil 28 oktyabridan “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning O`zbekistondan Moskvaga barcha reyslari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga o`tkaziladi.
Xabarda aytilishicha, parvozlar zamonaviy, qulay Boeing va Airbus havolaynerlarida o`zgarishsiz, avval tasdiqlangan jadval bo`yicha amalga oshiriladi.
“Vnukovo” aeroporti Moskva avtomobil aylanma yo`lidan 10 km janubiy-g`arbiy qismida joylashgan. Rossiyada yo`lovchilarga xizmati ko`rsatish bo`yicha “Sheremetevo” va “Domodedovo” aeroportlaridan keyin uchinchi o`rinda turadi. 2017 yilda shu aeroportdan yo`lovchilar o`tish hajmini 18 milliondan ortiq kishini tashkil qildi.
“Vnukovo” aeroporti “A” terminalining umumiy maydoni 270 ming kv tashkil qiladi. U hozirgi vaqtda Rossiyada eng yirik hisoblanadi.






