Joriy yilning 24-28 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Moskva shahridagi Rossiya xalqlar do`stligi universitetida “Tafakkur” O`zbekistonlik talabalar assosiasiyasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi va O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi tomonidan “O`zbekiston madaniyati haftaligi” tashkil etildi. Madaniyat haftaligi doirasida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi yosh dizayner Nozima Aripovaning milliy liboslar kolleksiyasi namoyishi, fotosuratlar, kitob ko`rgazmalari, milliy Farg`ona va Xorazm raqslar ijrosi va adabiy musiqiy konsert kabi namoyishlar o`tkazildi.
Mazkur tadbir yosh avlodlarni milliy an`analar ruhida tayyorlash, vatanparvarlik hissini rivojdantirish, shuningdek madaniy meros va manaviy qadriyatlarni asrab avaylash hamda saqlab qolish muhumliligini keng targ`ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Tashkil etilgan haftalikda Rossiya xalqlar do`stligi universitetida tahsil olayotgan 100 nafardan ortiq O`zbek talabalari, xorijiy davlatlarning madaniyat markazlari, O`zbekiston Respublikasi elchixonasi vakillari, universitetning professor o`qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Mazkur madaniyat haftaligini uyushtirgan tashkilotchi va talabalarga O`zbekiston yoshlar ittifoqi va O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi nomidan sovg`alar ulashildi.






